VOQEA.RU
Baxtli bo'liw uchun uchta so'z

Baxtli bo'liw uchun uchta so'z

9-sinf. U qiz
partasini oldida tushkin kayfiyatda
turgandi. Men uni yoniga borib nima
böldi deb söradim. Uning aytishicha u
matematikadan qiynalayotgani,
tushunmayotganini aytdi. Men unga
yordam taklif etdim. Uni yuziga
tabassum yugurdi, yuzimdan öpib,
dunyoda eng yaxshi döst ekanimni
aytdi. Men bölsam unga sevishimni
aytishdan qörqaman... 10-sinf. U
menga qöng'iroq qildi va uni yoniga
borishimni söradi. U sevgani bilan
urushib qolgani va bir özi siqilib
ketayotganini aytdi. Biz u bilan
kinoga tushdik. Va uni uyiga kuzatib
kelganimda yuzimdan bir marotaba
öpib, dunyoda eng yaxshi döst
ekanimni aytdi. Men uni sevaman,
lekin öziga bu haqda aytishga
negadir qörqaman. 11- sinf. U meni
yonimga kelib sevgani kasal bölib
qolgani, bitiruv oqshomiga bir özi
borgisi kelmayotganini va meni u
bilan birga borishimni söradi. Men
rozilik bildirdim. U meni yuzimdan bir
marotaba öpib, dunyodagi eng
yaxshi döst ekanimni aytdi. Men
bölsam uni sevaman, sevgimni izhor
etishga qörqaman... 5-avgust. U meni
yonimga yugurib kelib, yuzimdan
doimgidek bir marta öpib, dunyodagi
eng yaxshi döst ekanimni aytdi...
Manga u yaqinlashib kelmoqda.
Nikoh köylagida u naqadar gözal edi.
Umid qilamanki, u uni sevadi, men
uchun eng muhimi unga yaxshi bölsa
böldi. Chunki men uni sevaman, lekin
sevgimni izhor etishga shu darajada
qörqaman, chunki uni yöqotib
qöyishim mumkin... Men janozada
turibman. Oradan köp yillar ötgan,
lekin men uni hamon sevaman... Men
uni buyumlarini yig'ayotganimda
shaxsiy kundalik topib oldim va bir
sahifadagi yozuvlarga közim tushib
öqiy boshladim: - "U dunyodagi eng
yaxshi döst, uchalik hech kim meni
tushuna olmaydi. Necha marotaba u
meni qöllab-quvvatladi. Meni tashlab
ketishganda dardkashim böldi, men
bilan bitiruv oqshomiga bordi... Men
uni shu qadar sevamanki, lekin öziga
aytishga juda qörqaman, chunki uni
yöqotishdan qörqaman!" BAXT UCHUN
ULARDAN BIRI 3TA SÖZNI AYTSA YETARLI
EDI..
Комментарии (0)
Рейтинг блога: (+0|-0)
[+ Плюс | Минус -]
Автор: Asilbeek
Добавлен: 26 Апр 2017 в 04:30
Категория: DETEKTIV HIKOYALAR
Просмотров: 1620
Ссылка:
BB Код:
HTML :
Блоги
Вход | РегистрацияКонтакты
UZSAYT.RUUZSAYT.RU
0.0165